SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Faoliyatimiz jamoatchilik nigohida

2021 yil 14 aprel kuni “O‘zarxiv” agentligining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi organlari, ho‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Kun tartibiga Agentlik tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangi tarkibini hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.
Ma'lumki, Mazkur Farmonning mazmun mohiyati va ijrosi haqida gapirsak, bunda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xissa qo‘shib kelayotgan nodavlat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va ularg o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohada huquqiy bazani yanada mustahkamlashga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Hususan, keyingi to‘rt yilda nodavlat va notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga qaratilgan 1270 dan ortiq loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga 117 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Endigi navbatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun davlat boshqaruvi organlari faoliyatini jamoatchilik nazoratini tashkil etishda ularning ishtirokini yanada kengaytirish maqsad qilib qo‘yildi. Ma'lumki, undan oldin Prezident farmoni bilan 2018 yilda davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining faoliyatini tashkil etish va uning namunaviy nizomlari qabukl qilingan edi. Unga ko‘ra har uch yilda davlat organi rahbarining taklifiga binoan Jamoatchilik kengashining tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlanishi lozimligi bildirilgan edi. 4-martda qabul qilingan Farmon esa, Jamoatchilik nazoratini tizimli tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirdi. Farmonga ko‘ra, 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish Konsepsiyasi, Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.   

2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Har bir davlat organi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari tarkibiga nodavlat notijorat hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini kiritish belgilandi.

Davlat organi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi Jamoatchilik palatasi muhokamasidan so‘ng davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi.

Endilikda davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining ishchi organi sifatida davlat organining matbuot xizmati yoki jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi biriktirilmoqda.

Jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasida “Shaffof xayriya” yagona interaktiv portalining tashkil etilishi, hududlarda “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ning barpo etilishi Farmon bilan belgilab berildi.

Mazkur farmonni ijrosini ta'minlash hamda mazmun mohiyatini keng aholiga tushuntirishda biz arxivchilar va nodavlat tashkilotlarining ham hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha mazkur Farmon barcha davlat arxivlarida chuqur o‘rganib chiqildi, muhokama qilinib, jamoatchilik nazoratini tashkil etishga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Fuqarolar bilan muloqotning yangi shakllari, uslublari ishlab chiqilmoqda.

Endigi navbatda esa, tizimimizda Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. Bugun Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, Jamoatchilik palatasiga taqdim etiladi, Nizomi loyihasi ko‘rib chiqilib, kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi. Agentlik jamoatchilik kengashi raisi vazifasiga Azamat Ziyo bir ovozdan, rais o‘rinbosari-mas'ul kotib vazifasiga Shuxrat Tursunbayevlar saylandi.
Agentlik Jamoatchilik kengashi o‘z oldiga vazifalarini belgilab oldi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi matbuot xizmati.



Oxirgi o‘zgarish: 16/04/2021 08:33;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/faoliyatimiz-jamoatchilik-nigohida
Chop etilgan vaqti: 03/08/2021 03:13