Xabarlar

PAXTACHI TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

06-12-2021 06:53   513

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 07-dekabr kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Paxtachi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Paxtachi tuman Ziyovuddin shaharchasi M.Ulug‘bek ko‘chasi
Murojaat uchun tel: +998(99)337 66 12


"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SAMARQAND VILOYAT DAVLAT ARXIVIGA TASHRIF BUYURDI

30-11-2021 20:07   630

Joriy yil 30 noyabr Samarqand viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyat davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat davlat arxivi moddiy texnik bazasi, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda raqamlashtirilgan arxiv hujjatlarini agentlik tomonidan joriy qilingan arxiv.technocorp.uz elektron tizimiga kiritish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va mavjud muammolar yuzasidan xodimlar bilan suxbatlashib, amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Shuning bilan "O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupovning Samarqandga xizmat safari yakunlandi.


SAMARQAND VILOYATI ARXIVLARIGA "O‘ZBEKISTON ARXIVLARI" KITOB-ALBOMLARI TOPSHIRILDI.

30-11-2021 19:58   564

SAMARQAND VILOYATI ARXIVLARIGA "O‘ZBEKISTON ARXIVLARI" KITOB-ALBOMLARI TOPSHIRILDI.

Joriy yil 30 noyabr kuni "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida viloyatdagi arxivlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Ishchi tartibida arxivlardagi muammolar va olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida arxivlar rahbarlariga "O‘zbekiston arxivlari" kitob-albomlari topshirildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

30-11-2021 19:49   581

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SAMARQAND VILOYATIGA XIZMAT SAFARI DAVOMIDA
Viloyatdagi A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar hamda viloyatdagi faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.

30-11-2021 19:39   573

Joriy yilning 30-noyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar hamda viloyatdagi faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimdagi arxivlarda faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar hamda Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy me'ros xalqaro universiteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi.
yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi.

30-11-2021 19:31   627

Uchrashuvda agentlik direktori Ulug‘bek Mirtolibovich hozirgi kunda arxiv sohasida olib borilayotgan islohatlar va sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda viloyat hokimi E.Turdimov qaysi viloyatda faoliyat ko‘rsatmasin har bir sohani rivojlanlanishida, o‘zining sezilarli hissasi borligi, shu bilan birga Respublikamizda arxiv ishi sohasida ham ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirayotganligi xususan; Uning bevosita rahbarligi ostida 2013 yilda Navoiy viloyatida, Navoiy viloyat davlat arxivi uchun 100 ming saqlov birligiga mo‘ljallangan zamonaviy arxiv binosi qo‘rilib foydalanishga topshirilganligi.
2018 yilda Surxondaryo viloyatida, Surxondaryo viloyat davlat arxivi uchun zamonaviy va muxtasham to‘qqiz qavatdan iborat yangi binosini qurilishi, Samarqand viloyatida, viloyat, Kattaqo‘rg‘on shahar, Bulung‘ur, Samarqand, Narpay va Qo‘shrabot tuman davlat arxivlarini joriy ta'mirlash uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan joriy ta'mirlanganligi.
Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarini binolar bilan ta'minlab, joriy ta'mirlab, foydalanishga topshirilganligi.
Shuningdek, 2019 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida Pastdarg‘om tumani davlat arxiviga 100 ming saqlov birligiga mo‘ljallangan ikki qavatdan iborat binoni foydalanishga topshirildi, ushbu bino zamonaviy texnika jixozlar va mobil javonlar bilan byujdet mablag‘lari hisobidan ta'minlab berishda amaliy yordamlarini ko‘rsatib kelayotganligi gapirib viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ta'sis etilgan “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni agentlik direktori tomonidan tantanali ravishda topshirildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


"Yashil makon" umummilliy loyixasi doirasida "O‘zarxiv" agentligi direktori manzarali daraxt kuchatlarin o‘tqazdi.

30-11-2021 19:21   555


"O‘zarxiv" agentligi direktori Urgut tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxiviga sayyor qabuli davomida tuman arxiviga qarashli yer maydoniga manzarali daraxt kuchatlarin o‘tqazdi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI SAMARQAND VILOYATI URGUT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

30-11-2021 19:11   609

Joriy yil 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyati Urgut tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Murojaatlari o‘z joyida hal etildi va ba'zi jismoniy shaxslarga huquqiy maslahat berildi.

Ma'lumot uchun: Urgut tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi 1975 yil 10-sentyabrda tashkil topgan, hozirgi kundagi binosi 1961 yilda paxsa devor bilan qurilgan bo‘lib, 1961-2000 yillargacha Urgut tuman “Sil kasalliklar” shifoxonasi sifatida foydalanib kelingan, 2000 yil 27 oktyabrdagi Urgut tuman hokimining №778-sonli qaroriga asosan Urgut tuman arxivi balansiga ajratib berilgan.
Tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida hozirgi kunda 254 fondda 48000 ming saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijrosini ta'imnlash uchun zamonaviy kompyuter texnikasi, nusxa ko‘chirish apparati, zamonaviy ovozli videokuzatuv moslamasi bilan jixozlangan bo‘lib, dastlab 4 nafar xodim hozirgi kunga kelib arxivda 14 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.


“Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirishda arxiv hujjatlarini o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

24-11-2021 11:09   589

Bugun Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov ishtirokida Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talaba yoshlari bilan “Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirishda arxiv hujjatlarini o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda viloyatdagi arxiv muassasalari tashkil etilish, tarixi, faoliyati bugungi kunda  arxivlarda saqlanib kelinayotgan o‘zbek xalqiing madaniyati va ma'naviyatini o‘zida aks ettirgan  tarixiy hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotlar  berilib , yoshlarning ma'naviyatini  to‘g‘ri shakillanishida  arxiv hujjatlari qanchalik ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida yoshlar bilan qizg‘in muloqot davom etirilib,  savol javob  tarzda fikr almashinildi.

 

Muloqot so‘ngida talaba yoshlar uchun arxiv hujjatlari asosida ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


#Yashil_ makon_loyihasi

23-11-2021 09:15   650

#Yashil_ makon_loyihasi


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlari tomonidan arxiv binosining yon atrofiga 30 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


“Yashil makon” umummilliy loyihasi arxiv muassasalari tomonidan davom ettirilmoqda


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati