SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘MA) binosida ko‘rgazmalar zali-muzey ochildi

O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘MA) binosida ko‘rgazmalar zali-muzey ochildi

O‘zbekiston arxiv tizimi 100 yilligiga munosib sovg‘a

O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘MA) binosida necha yillik ulug‘ bir niyat amalga oshdi. O‘tmishni kelajak ila bog‘lab, zarhal sahifalari bilan nafaqat o‘zbekistonliklar balki,  xorijliklarni hayratga solib kelayotgan buyuk tarix endi ko‘z o‘ngingizda mo‘jaz bir  ko‘rgazmalar zali-muzeyda jamlandi. Quvonarlisi, O‘zbekiston arxiv tizimida bu – qaldirg‘och muzeylardan biridir.

Mazkur muzey vitrinalarini IX-XIX asrga tegishli durdona vaqf hujjatlari, paleografik chizma rasmlar, noyob xaritalar, shajaralar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida arxiv sohasida ulkan yutuqlarni aks ettirgan bebaho hujjatlar tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi. Ushbu maskanda turli davrlarga oid milliy va an'anaviy hunarmandchilik hamda arxeologik topilma ashyolari eksponatlari ham joylashtirildi.

Muzeyning ilk tomoshabinlari Birlashgan Arab Amirligi (BAA) delegatsiyasi a'zolari bo‘lib, mazkur  noyob hujjatlar ularda katta taassurot qoldirdi va o‘z fikrlarida xech bir joyda takrorlanmas va chindanda noyob hujjatlar ekanligini  bayon etdilar.

Muzey faoliyati – muzey tashkilotchisi O‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.T.Zakirova tasdiqlagan mavzular va g‘oyalar (tarixiy va shonli sanalar) taqvimi asosida faoliyat olib boradi.

Muzeyda faxriy mehmonlar uchun “Sizning fikringiz...”esdalik kitobi joriy etildi. Muzey bepul xizmat ko‘rsatadi, tashrif buyuring va o‘tmishdan bohabar bo‘ling!

 

Qaldirg‘och bu muzey o‘tmishdan sado,

Muazzam kunlarga sharaf-shondir u!

O‘n bir asrlik tarix unda mujassam,

100 yillik to‘yingga to‘yonadir bu!

 

Hali ochilmagan sahifalar mo‘l,

Oldinda rejalar, mushtarak manzil.

Bu muzey ulg‘ayib, bir ibrat bo‘lib,

“O‘zarxiv” shoniga tamaddun bo‘lgay!


Oxirgi o‘zgarish: 04/08/2020 20:57;   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/events/ozbekiston-milliy-arxivi-oma-binosida-korgazmalar-zali-muzey-ochildi
Chop etilgan vaqti: 22/09/2020 07:44