SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

"Mardlar quriqlaydi Vatanni"


Har bir inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan joyi-makonini sevadi, asraydi, u yerdan uzoqlashsa, vatanini va yaqinlarini sog‘inadi va uni har qanday yovuz niyatli kimsalardan himoya qiladi. 


Shu  kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanmoqda.


Shular qatorida  Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat davlat arxivida joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahar "Qalqon jasorati maktabi" o‘quvchi yoshlari uchun   viloyat davlat arxivida sayohat uyushtirildi. 


Mazkur sayohat davomida o‘quvchi-yoshlarga Ikkinchi jaxon urushida hamda front ortida mehnat qilgan Samarqandliklarning g‘alabaga uchun  qo‘shgan hissasi va ularning jasorati to‘g‘risida arxiv hujjatlaridan kelib chiqqan holda xodimlar tomonidan ma'lumotlar berildi.


Shu bilan birga mazkur maktab o‘quvchilari o‘zlari tayyorlab kelgan turli harbiy chiqishlar namoyish etdilar.



O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 13/01/2021 11:42;   Ko‘rilganligi: 159
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/events/mardlar-quriqlaydi-vatanni
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 14:13