SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Bugun “Mustaqillik- arxiv hujjatlari, tahlil, imkoniyat, mas'uliyat” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga

tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-4926-son

qaroriga muvofiq hamda “O‘zarxiv” agentligining 2021-yil 11-avgustdagi 01-27/1050-sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi viloyat davlat arxivi binosida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi sardorlar maktabi yosh volontiyorlar hamda Samarqand Davlat universiteti tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Samiyev, viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Mustaqillik – arxiv hujjatlari, tahlil, imkoniyat, mas'uliyat” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barcha tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, davlatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng arxiv sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan islohatlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbirda so‘z olgan tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Samiyev arxivlarning tarixni saqlab qolishdek mas'uliyatli, sharafli hamda zaxmatli faoliyati haqida to‘xtalib, bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovorligini alohida ta'kidlab, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari o‘tgan davrda erishilgan yutuqlari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi.

Tadbir ishtirokchildari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali  https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 



Oxirgi o‘zgarish: 25/08/2021 09:02;   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/events/bugun-mustaqillik-arxiv-hujjatlari-tahlil-imkoniyat-masuliyat-goyasini-ozida-mujassam-etgan-manaviy-marifiy-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 22/09/2021 02:52