SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#Qadring_baland_boʻlsin, #Ona_tilim

Til millat ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan ilgari surilgan yagona shior “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” nomi bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy tadbirlar doirasida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat davlat arxivi hamda Samarqand shahridagi 8-sonli Ixtisoslashtirilgan ta’lim maktabi davlat tili oʻqituvchilari E.Sultonova va G.Mamadaliyevalar ishtirokida manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan o'zbek tilining davlat tili timsoli ekanligi hamda millatning madaniy va ma'rifiy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, tarixida mujassam ekanligi hamda uning kelajak avlodga asl holatda yetkazishga barchamiz mas'ul ekanligimiz takitlab o'tildi.



Oxirgi o‘zgarish: 21/10/2022 08:30;   Ko‘rilganligi: 721
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/qadring_baland_bolsin-ona_tilim
Chop etilgan vaqti: 23/11/2024 13:38