SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov

Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov 1922 yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Urush boshlanganda 19 yoshli Obloqul Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetining 3-kursini tamomlab, to‘rtinchi kursga o‘tgan edi. 1941 yili u armiya safiga chaqiriladi. 1943 yil avgustidan boshlab esa harakatdagi jangovar armiya tarkibida xizmat qiladi. 1940 yili partiya a'zoligiga qabul qilingan edi. Savodli, yosh jangchilarga ma'naviy mafkuraviy ustoz darajasidagi yosh Obloqul Uzoqov 62-gvardiya kavaleriya polkining 1-eskadroni komandiri bo‘ldi. U 61-armiya 7-gvardiyachi kavaleriya korpusining 16-gvardiyachi kavaleriya diviziyasi safida Markaziy frontda jang qiladi. Gvardiya serjanti Obloqul Uzoqov Chernigov yerida Dnepr daryosidan o‘tishda jasorat ko‘rsatadi. 1943 yil 19 sentyabr kuni Ukrainaning Chernigov viloyatidagi Klochkov qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda nemislarning avtomatchilari Obloqul Uzoqov boshliq 1-eskadron jangchilari harakatini to‘xtatib qo‘yadi. Shu qishloqdagi “1 May” sovxozi uchun bo‘lgan bu jangda jasur jangchi Obloqul Uzoqov fashistlar tinmay otayotgan pulemyotga orqa tomondan yashirinib kelib, bir nechta granata otadi. Jangchilarimizni qirib turgan dushman pulemyotining “ovozi o‘chiriladi”. Shu kunning o‘zida Chernish qishlog‘idagi ko‘cha janglarida kavalerist jangchi yana bir jasorat ko‘rsatadi. U bostirib kelayotgan nemis askarlarini yaqin kelishga yo‘l qo‘yib, keyin bir yo‘la  35 nafar fashist avtomatchisini yer tishlatadi.

Jasorat ketidan jasorat namunalari davom etar edi. 1943 yil 28 sentyabr kuni kechasi serjant Obloqul Uzoqov Dnepr daryosidan o‘tib, 1-eskadron jangchilarini daryodan o‘tishga yo‘l qo‘ymayotgan dushman pulemyotini “tinchitadi”.  SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun gvardiya serjanti Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlanadi. Urushdan keyin Obloqul Uzoqov kolxoz raisi lavozimida, partiya-xo‘jalik ishlarida xizmat qildi. Farg‘ona viloyati Dang‘ara posyolkasidagi ko‘chalardan biriga Sovet Ittifoqi Qahramoni Obloqul Uzoqov nomi berilgan. Qahramonimiz uzoq umr ko‘rmadi, u 1955 yil 26 iyulda 33 yoshida vafot etdi. Qoratepa qishlog‘ida dafn etilga


manba: Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 27/04/2021 15:09;   Ko‘rilganligi: 884
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchisi-obloqul-orozboevich-uzoqov
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 01:12