Print

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar





1.Savol:  Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan davlat arxivlariga asosan

 qanday hujjatlar topshiriladi?

1.Javob: Amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-sonli qarorining 1 ilovasi bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va foydalanish tartibi to'g'risidagi Nizom”ning 5-paragrafiga asosan tugatilayotgan yuridik shaxslar arxivlarga saqlov muddati tugamagan barcha boshqaruv hujjatlari va o'z korxonasida ishlagan xodimlar faoliyatiga doir shaxsiy tarkib hujjatlarini tartibga keltirilgan holda arxiv va tugatish komissiyasi o'rtasida imzolangan shartnoma asosida topshirishlari shartligi belgilangan. Zarur hollarda tadbirkorlik sub'ektlarini tugatish jarayonida hujjatlarni tartibga keltirish ishlari tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

2. Savol:  Arxivlarda hujjatlarni depozitar saqlash narhlarini

kim belgilaydi?

2.Javob: Yuqorida qayd etib o'tgan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risidagi Nizom”ga asosan davlat arxivlari “O'zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan xizmatlar nomenklaturasi va narhnoma (preyskurant) asosida pullik xizmatlarni amalga oshiradi. Narhlar belgilanayotganda arxivlar tomonidan topshirilayotgan hujjatlar talab darajasida tartibga keltirilganligi, hujjatlarning arxiv ro'yxatlari tuzilganligi, yig'majildlar miqdori va saqlash muddati davriyligi hisobga olinadi. Ya'ni agar tugatilgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibga javob bermasa, bularning hammasi qo'shimcha ish sifatida shartnomada ko'rsatib o'tiladi va ular yuzasidan tegishli narhlar belgilanadi. Tabiiyki, faqat depozitar saqlov shartnomasi bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar narhi, hujjatlarni tartibga keltirish, arxiv ro'yxatlari va hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarni tuzish kabi qo'shimcha ishlarni talab etuvchi shartnomada belgilangan narhlardan ancha arzon turadi.

3.Savol:  Davlat arxivlariga fuqarolarga arxiv hujjatlarini topshirishda

imtiyozlar bormi?

3.Javob: Agar fuqaroning arxiv hujjati O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishiga loyiq deb baholansa, uning mulkdoriga O'zbekiston Respublikasi Vazirdar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 30 oktyabrdagi №482 qarori bilan tasdiqlangan maxsus guvohnoma beriladi. Agar arxiv hujjati fuqaroning o'zida saqlanayotgan bo'lsa unga arxiv xodimlari tomonidan bepul uslubiy yordam ko'rsatiladi. Davlat arxivlariga qabul qilingan Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy arxiv hujjatlariga davlat arxivlari tomonidan bepul ilmiy texnikaviy ishlov beriladi, ta'mirlash va qayta tiklash (restavratsiya) ishlari o'z vaqtida amalga oshiriladi, hujjatlarga arxiv ro'xati tuzilib, har bir hujjat davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.

Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo'lmagan qismi tarkibiga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar Milliy arxiv fondining davlat katalogiga muntazam ravishda kiritilib boradi.

4.Savol:  Davlat arxivlari jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini

sotib olishlari ham mumkinmi?

4.Javob: O'zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan fuqaroning davlat va jamiyat uchun ahamiyatga ega bo'lgan arxiv hujjatlari sotilayotganda davlat arxivlari imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

5.Savol:  Arxivlardan ish xaqqi yoki ish staji xaqidagi ma'lumotnomalarni

 olish pullikmi yoki bepulmi?

5.Javob:  Arxivlar va idoraviy arxivlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xizmatlar ko'rsatiladi. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo'lgan arxiv ma'lumotnomalarini, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arxiv ma'lumotnomalarini va arxiv hujjatlarining ko'chirma nusxasini berish bepul amalga oshiriladi. (O'zbekiston Respublikasining "Arxiv ishi to'g'risida"gi qonun 5-bob 28-modda)

6.Savol:  Arxivlardan ma'lumotnomalarni olish uchun shaxsan borish

 kerakmi yoki boshqa yo'li ham bormi?

6.Javob: Arxivlardan ma'lumotnomalarni olish uchun shaxsan borishi, bundan tashqari elektron tarzda rasmiy veb saytlar yoki Yagona interaktiv xizmatlar davlat portali orqali, an'anaviy pochta orqali ham murojaat qilish mumkin.



Фойдали манбалар

На предыдущий На следующий


Медиатека

Сўровнома



Bizning sayt sizga yoqdimi ?




Самарканд вилоят давлат архиви

Самарқанд туман давлат архиви

Каттарқурғон шаҳар давлат архиви

Булунғур тумани давлат архиви

Нарпай тумани давлат архиви

Қушработ тумани давлат архиви

Пастдарғом тумани давлат архиви

Самарқанд шаҳар идоралараро хўжалик ҳисобидаги шаҳсий таркиб ҳужжатлари таркиби

Каттакургон шахар идоралараро хужалик хисобидаги шахсиф таркиб хужжатлари архиви

Каттакургон тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсиф таркиб хужжатлари архиви

Пастаргом тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Булунгур тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсиф таркиб хужжатлари архиви

Ургут тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Пайарик тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Жомбой тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Окдарьё тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Тайлок тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Иштихон тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Пахтачи тумани идоралараро хужалик хисобидаги шахсий таркиб хужжатлари архиви

Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги "УзАрхив" агентлиги Самарканд вилоят бошкармаси.

Бизнинг манзил Самарқанд вилояти, Самарқанд шахри, Куксарой майдони 7 уй

Телефон\Факс +998 66 233-56-50

e-mail: info@samarchive.uz

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАХКАМАСИНИНГ КАРОРИ 30.10.1999 й. N 482

Хужжатни юклаб олиш

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАХКАМАСИНИНГ КАРОРИ 5 апрелдаги 101-сон қарори

Хужжатни юклаб олиш

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ҚОНУНИ АРХИВ ИШИ ТЎҒРИСИДА 2010 ЙИЛ 7 МАЙ

Хужжатни юклаб олиш

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАХКАМАСИНИНГ КАРОРИ 03.02.2004 й. N 49

Хужжатни юклаб олиш

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАХКАМАСИНИНГ КАРОРИ 26.08.2008 й. N 194

Хужжатни юклаб олиш
@ 2015-2016 | Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги "УзАрхив" агентлиги Самарканд вилоят бошкармаси.
Самарканд вилояти, Самарканд шахри, Куксарой майдони 7 уй
Телефон:+998 66 233-56-50 | info@samarchive.uz