SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirishda arxiv hujjatlarini o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bugun Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov ishtirokida Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talaba yoshlari bilan “Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirishda arxiv hujjatlarini o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda viloyatdagi arxiv muassasalari tashkil etilish, tarixi, faoliyati bugungi kunda  arxivlarda saqlanib kelinayotgan o‘zbek xalqiing madaniyati va ma'naviyatini o‘zida aks ettirgan  tarixiy hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotlar  berilib , yoshlarning ma'naviyatini  to‘g‘ri shakillanishida  arxiv hujjatlari qanchalik ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida yoshlar bilan qizg‘in muloqot davom etirilib,  savol javob  tarzda fikr almashinildi.

 

Muloqot so‘ngida talaba yoshlar uchun arxiv hujjatlari asosida ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 24/11/2021 11:10;   Ko‘rilganligi: 586
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/yoshlarni-manaviyatini-yuksaltirishda-arxiv-hujjatlarini-orni-va-ahamiyati-mavzusida-ochiq-muloqot-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:30