SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha "Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turniri" bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 12-son buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha "Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnir" o‘tkazildi.

Turnirda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi barcha davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlaridan jami 16 ta ishtirokchilar musobaqalashdi.

qizg‘in bo‘lib o‘tgan Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnirida

3-o‘rin 3-darajali diplom bilan Samarqand tuman davlat arxivi arxivchisi Norov Olimjon Orifjonzoda taqdirlandi

2-o‘rin 2-darajali diplom bilan Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi arxivchisi Ibragimov Yaxshiboy Muminovich taqdirlandi

1-o‘rin 1-darajali diplom bilan Narpay tuman davlat arxivi fond saqlovchisi Xaitov Muxtor Otaqulovich taqdirlanib Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnirining mutloq g‘olibiga aylandi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 20/05/2021 16:57;   Ko‘rilganligi: 689
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasida-sportning-shaxmat-turi-boyicha-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasi-turniri-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 11:07