SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyat Narpay tuman “Xo‘jakarzon ota” ziyoratgohi

Samarqand viloyat Narpay tuman “Xo‘jakarzon ota” ziyoratgohi

  Xo‘jakarzon ota asli Afg‘onistonning Hurason shahrida to‘g‘ilib o‘sgan o‘sha davrdagi din peshvolarning tavsiyasi bilan hozirda biz tilga olayotgan maskanga din targ‘ibotchisi qilib yuborilgan. O‘sha davrdagi islom dinini el ichida keng targ‘ib qilishda Xo‘jakarzon ota jonbozlik ko‘rsatib ish olib borganlar. Shu vaqtlardagi janglarda yarador bo‘lgan jangchilarni davolaganlar. O‘zlari xam jangda qatnashganlar. Rivoyat qilishlaricha jangda umuman yarador bo‘lmaganlar, dushmanlar  uning joni tavonida joylashgan  degan fikrga borganlar. Xo‘jakarzon ota o‘z davrida ilmli, ziyoli, din peshvosi, xalqparvar inson bo‘lib el orasida piru komil darajasiga yetganlar. Xo‘jakorzon ota maqbarasi uch go‘mbazli bo‘lib soxibqiron Amir Temur tamonidan qurdirilgan, qabr 13 metr uzunlikda.

  Juda ko‘p asrlar osha ziyoratgoh bo‘lib kelgan tabarruk joy mustabid tuzum zamonida ayrim inshoatlari bo‘ziladi va g‘ishtlari urush davrida Ukrainadan ko‘chirilib keltirilgan Zirabuloq (hozirgi Oqtosh shahri) shahridagi shakar zavodi qurilishiga olib ketiladi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ushbu ziyoratgox qaytadan tiklandi, obod qilindi. Hozirgi kunda ziyoratchilar qadami o‘zilmaydi.

  “Xo‘jakarzon ota” ziyoratgohidan 500 metr yuqorida tepalikda 1868-1870 yillar Chor Rossiyasi bosqiniga tegishli yodgorlik mavjud. Bu yodgorlik 1868-yillardagi Turkiston general gubernatori fon Kaufman  tamonidan Chor rossiyasi va Buxoro amiri Said Muzaffar qo‘shinlarining Zirabo‘loq yaqinidagi so‘ngi jangida vafot etgan rus askarlari sharafiga o‘rnatilgan. Maxalliy aholining aytishicha ushbu yodgorlik tepasidagi xoch shu davrda quyma oltindan yasalib quyilgan, bolshiveklar ushbu yerga yetib kelgach uni olib ketishgan, maxalliy axoli o‘rniga o‘zlari xoch yasattirib o‘rnatishgan.


Oxirgi o‘zgarish: 17/09/2020 06:41;   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-narpay-tuman-xojakarzon-ota-ziyoratgohi
Chop etilgan vaqti: 28/11/2020 00:55