SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyat Narpay tuman “Ko‘kota” ziyoratgohi

 Samarqand viloyat Narpay tuman “Ko‘kota” ziyoratgohi

                            Samarqand viloyat Narpay tuman “Ko‘kota” ziyoratgohi

Hazrati Ko‘kota Ko‘kmuhammad Ibn Qusamshayx, XIII asrning boshlarida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Pudina qishlog‘ida tavallud topganlar, otalaridan shariat, tasavvuf ilmlaridan ta'lim olib, olim va piru-komillik darajasiga yetishganlar.

  Ko‘kota hazratlari padaribuzrukvorlari tavsiyalari va duolari bilan Miyonqal'a (hozirgi Narpay, Xatirchi hududlari) ga kelib istiqomad qiladilar hamda bu yerda ko‘pgina obodonlashtirish ishlariga boshchilik qiladi. Hashar yo‘li bilan Narpay kanalini qazib bog‘lar barpo qiladilar, majid madrasa qurib, halqqa ilmu-ma'rifat tarqatadilar. Ul zot o‘z davrida kuchli tabib ham bo‘lganlar, ko‘k yutal, qizamiq, bavosir kabi dardlarni davolaganlar, karomatlari zohir, duolari tez ijobat bo‘ladigan zot bo‘lganlar.

            Majid binosi XIX asr oxirlarida halq hashari yo‘li bilan qurilgan. Qabriston hududidagi Qo‘shmaqbara  XV asrda hazrati Sohibqiron Amir Temur avlodlari tamonidan barpo qilingan. Unda Hazrati Ko‘kota pirimiz va farzandlari  dafn qilingan.


Oxirgi o‘zgarish: 13/08/2020 09:06;   Ko‘rilganligi: 58
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-narpay-tuman-kokota-ziyoratgohi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 00:14