SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyat davlat arxivining tashkil etilish tarixi

Samarqand viloyat davlat arxivi tarixi hamda uning faoliyati, unda saqlanayotgan uch asrlik tarixni eslatuvchi hujjatlar arxivning qadimiyligini eslatib turadi. Viloyat davlat arxivi 1921 yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib joriy yilning aprel oyida tashkil etilganligiga 100 yil to‘ldi.

                  1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


Shu bilan birga viloyat davlat arxivi o‘z faoliyatini 1921 yil aprel oyidan boshladi. Viloyat davlat arxivi dastlabgi vaqtda xalq maorifi komissariyati tarkibida bo‘lgan. Respublika Markaziy Ijroiya qumitasining 1922 yil 14 maydagi 47-sonli qarori bilan Markaziy arxiv boshqarmasi va viloyat davlat arxivi Xalq maorifi komissariyati tizimidan ajratildi.

1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


924 yilda viloyat davlat arxivi byurosi, 1927 yilda esa Samarqand okrugi ishchi, dehqon va askarlar Soveti ijroiya komiteti qoshidagi arxiv byurosi deb atala boshlandi. 1931 yil 30 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy arxiv boshqarmasining Samarqand bo‘limi 1938 yil 18 noyabrdan Samarqand viloyat arxiv boshqarmasi. 1940 yil 22 maydan Xalq komissarlari Ichki ishlar bo‘limi, 1944 yil Samarqand shahar davlat arxivi tashkil etildi. 1961 yil arxivlar ichki ishlar vazirligi tizimidan mehnatkashlar deputatlari viloyat kengashi ijroiya qumitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

                                1963-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


1962 yil 17 iyulda viloyatning Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Samarqand tumanlarida tumanlararo davlat arxivlari tashkil etilgan. 1962 yilda arxiv bo‘limi va Samarqand shahar davlat arxivi tugatilib, viloyat davlat arxiviga birlashtirildi. 1965 yil 25 martda Xalq deputatlari viloyat Kengashi ijroiya qumitasining arxiv bo‘limi tashkil etildi.  So‘ngi yillarda viloyat davlat arxivining fondlari fan, ta'lim, madaniyat sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga oid hujjatlar hamda tarixiy-madaniy yodgorliklarni aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilib borilmoqda.

                                         2021-yil viloyat davlat arxivi xodimlarning ish jarayonidan


Hozirgi vaqtda viloyat davlat arxivida o‘ttizdan ziyod hodimlar faoliyat olib bormoqda, hodimlarning aksariyati ko‘p yillik tajribaga ega hodimlar hisoblanadi. Bugungi kunda viloyat davlat arxivida jami 589 672 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda, bundan tashqari 84000 saqlov birligidag gazeta va jurnallar, 26200 saqlov birligidagi fotosuratlar, 183 826 saqlov birligidagi kitob albomlar saqlanib kelinmoqda. 

                                                                                   2021-yil viloyat davlat arxivi hujjatlarning saqlov xonasi


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 08/06/2021 13:00;   Ko‘rilganligi: 8
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-davlat-arxivining-tashkil-etilish-tarixi
Chop etilgan vaqti: 22/06/2021 08:29