SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA QATAG‘ON QURBONLARI YOD ETILIB DUOYI-FOTIHALAR O‘QILDI


Ajdodlarimiz azal-azaldan to‘y, bayram qilishdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz xotirasini yod aylashga, marhumlar sha'niga quron tilovatlar o‘qib, kelishgan.

Xuddi shunday tadbirlarni o‘tkazishda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Qatag‘on qurbonlari muziyi xodimi Shavkat Masharipov, Samarqand shahar “Qo‘shxovuz” masjidi imom hatibi Xabibullo xoji Boyqobilovlar ishtirokida joriy yilning 18 fevral kuni “QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETIB” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Qatag‘on qurbonlari muziyi xodimi Masharipov Shavkat Ruzimovich tomonidan yosh arxivchi xodimlarga qatag‘on qurbonlari muzeyi faoliyati hamda bugungi kundagi qatag‘on qurbonlari urganishda olib borilayotgan ish jarayonlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni ulashdi.

Shundan so‘ng samarqand shahar jomiy masjidi imom Xabibullo hoji Boyqobilov tomonidan yosh arxivchi xodimlarga diniy ilimlarning bugungi kundagi ahamiyati, ota-onani hurmat qilish, farzandlar tarbiyasi ularni mustaqil O‘zbekistonga  munosib farzfndlar qilib tarbiyalash,bugungi kun uchun dolzarb masalari bilan birga birqator misollar orqali tushunchalar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali   

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 19/02/2021 14:16;   Ko‘rilganligi: 755
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasida-qatagon-qurbonlari-yod-etilib-duoyi-fotihalar-oqildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 05:22