SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#Registon_maydoni_1417_yil

Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Temuriyzoda Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Ulug‘bek madrasasi me'morchilik asari sifatida Sharq obidalarining mumtoz namunasidir. Ulug‘bek madrasasining ikkinchi qavatidagi xonalarda katta kutubxonasi mavjud bo‘lgan. Buyuk Amir Temur va farzandlari tomonidan jamlangan kitoblarning ko‘pi ana shu yerda saqlangan. Ulug‘bek madrasasida barcha diniy va dunyoviy fanlardan chuqur bilim berish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Madrasada ta'lim bergan yuzdan ziyod zamonasining mashhur olimlari ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashhur olimlardan – Mavlono Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Mu'iniddin Koshiy kabilar madrasaning yetakchi olim va mudarrislaridan bo‘lishgan. Madrasada boshqa olimlar bilan bir qatorda Ulug‘bekning o‘zi va shogirdi Ali Qushchi ham turli fanlardan dars bergan.

Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.



Oxirgi o‘zgarish: 16/04/2021 13:31;   Ko‘rilganligi: 862
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/registon_maydoni_1417_yil
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:59