SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“O‘zarxiv” agentligi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashiga rasman a'zo sifatida qo‘shildi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashini (Kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi MDH Iqtisodiy kengashining 2004 yil 3 dekabrdagi qaroriga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi 2021 yil 24 fevraldan rasman qo‘shildi (bungacha “kuzatuvchi” funksiyasini bajarib kelgan edi).
Kengashning asosiy vazifasi - tuzilmaga a'zo bo‘lgan arxiv xizmatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, arxiv hujjatlaridan unumli foydalanishga oid turli tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni boshqarish usullarini takomillashtirish, mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligini mazkur Kengashga rasman a'zo bo‘lib kirganligi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha muammolarni hal etishga qaratilgan xalqaro anjumanlarda, davra suhbatlarida respublikamiz arxivchilarini faol ishtirok etishiga, sohani rivojlantirishga oid dolzarb masalalardan xabardor bo‘lish hamda respublikada amalga oshirilayotgan ishlar sifatini xalqaro talablar va andozalar darajasiga ko‘tarish, shu bilan bir qatorda respublikamizdan tashqarida bo‘lgan arxiv hujjatlarini aniqlash va ularning asl yoki elektron nusxalarini qaytarish masalalarini ijobiy va tezkor ravishda hal etish, chegaraga oid hujjatlarni olishdagi jarayonlarni maqbullashtirish borasida bir qator imkoniyatlarni yaratadi va eng asosiysi, Kengash a'zosi sifatida nafaqat Kengash yig‘ilishlarida ko‘riladigan masalalar ishtirokchisi sifatida, shuningdek, qabul qilinadigan xalqaro hujjatlar doirasida ko‘rib chiqish, ovoz berish bo‘yicha teng huquqini va vakolatini ham qo‘lga kiritadi.



Manba : "O‘zarxiv" agentligi matbuot xizmati.



Oxirgi o‘zgarish: 13/04/2021 16:34;   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-mustaqil-davlatlar-hamdostligi-ishtirokchi-davlatlari-arxiv-xizmatlari-rahbarlarining-maslahat-kengashiga-rasman-azo-sifatida-qoshildi
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 15:32