SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SAMARQAND VILOYAT DAVLAT ARXIVIGA TASHRIF BUYURDI

Joriy yil 30 noyabr Samarqand viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyat davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat davlat arxivi moddiy texnik bazasi, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda raqamlashtirilgan arxiv hujjatlarini agentlik tomonidan joriy qilingan arxiv.technocorp.uz elektron tizimiga kiritish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va mavjud muammolar yuzasidan xodimlar bilan suxbatlashib, amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Shuning bilan "O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupovning Samarqandga xizmat safari yakunlandi.



Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2021 20:07;   Ko‘rilganligi: 629
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-direktori-ulugbek-yusupov-samarqand-viloyat-davlat-arxiviga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 11:33