SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda agentlik direktori Ulug‘bek Mirtolibovich hozirgi kunda arxiv sohasida olib borilayotgan islohatlar va sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda viloyat hokimi E.Turdimov qaysi viloyatda faoliyat ko‘rsatmasin har bir sohani rivojlanlanishida, o‘zining sezilarli hissasi borligi, shu bilan birga Respublikamizda arxiv ishi sohasida ham ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirayotganligi xususan; Uning bevosita rahbarligi ostida 2013 yilda Navoiy viloyatida, Navoiy viloyat davlat arxivi uchun 100 ming saqlov birligiga mo‘ljallangan zamonaviy arxiv binosi qo‘rilib foydalanishga topshirilganligi.
2018 yilda Surxondaryo viloyatida, Surxondaryo viloyat davlat arxivi uchun zamonaviy va muxtasham to‘qqiz qavatdan iborat yangi binosini qurilishi, Samarqand viloyatida, viloyat, Kattaqo‘rg‘on shahar, Bulung‘ur, Samarqand, Narpay va Qo‘shrabot tuman davlat arxivlarini joriy ta'mirlash uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan joriy ta'mirlanganligi.
Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarini binolar bilan ta'minlab, joriy ta'mirlab, foydalanishga topshirilganligi.
Shuningdek, 2019 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida Pastdarg‘om tumani davlat arxiviga 100 ming saqlov birligiga mo‘ljallangan ikki qavatdan iborat binoni foydalanishga topshirildi, ushbu bino zamonaviy texnika jixozlar va mobil javonlar bilan byujdet mablag‘lari hisobidan ta'minlab berishda amaliy yordamlarini ko‘rsatib kelayotganligi gapirib viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ta'sis etilgan “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni agentlik direktori tomonidan tantanali ravishda topshirildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 



Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2021 19:31;   Ko‘rilganligi: 605
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-direktori-ulugbek-mirtolibovich-samarqand-viloyat-hokimi-erkinjon-turdimov-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:54