SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI SAMARQAND VILOYATI URGUT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Joriy yil 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyati Urgut tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Murojaatlari o‘z joyida hal etildi va ba'zi jismoniy shaxslarga huquqiy maslahat berildi.

Ma'lumot uchun: Urgut tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi 1975 yil 10-sentyabrda tashkil topgan, hozirgi kundagi binosi 1961 yilda paxsa devor bilan qurilgan bo‘lib, 1961-2000 yillargacha Urgut tuman “Sil kasalliklar” shifoxonasi sifatida foydalanib kelingan, 2000 yil 27 oktyabrdagi Urgut tuman hokimining №778-sonli qaroriga asosan Urgut tuman arxivi balansiga ajratib berilgan.
Tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida hozirgi kunda 254 fondda 48000 ming saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijrosini ta'imnlash uchun zamonaviy kompyuter texnikasi, nusxa ko‘chirish apparati, zamonaviy ovozli videokuzatuv moslamasi bilan jixozlangan bo‘lib, dastlab 4 nafar xodim hozirgi kunga kelib arxivda 14 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2021 19:11;   Ko‘rilganligi: 591
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-direktori-samarqand-viloyati-urgut-tumanida-sayyor-qabul-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:28