SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

«Orlot» muhojirlar jo'me masjidi

«Orlot»  muhojirlar jo'me  masjidi

«Orlot»  muhojirlar jo'me  masjidi

Orlot muxojirlar jo'me masjidi Ishtixon tuman Orlot MFY Orlot qishlog‘ida joylashgan. Maydoni 10 gektarga teng. Masjid mahalliy axoli tomonidan xashar yuli bilan 1992-1995 yillarda qurulgan, keyinchalik masjidga mufti xazratlari Usmonxon Alimov boshchiligida bir qator asli Samarqandlik bo‘lgan Saudiya Arabistonida yashovchi o‘zbek Umar Samarqandiy va boshqa   Saudiya Arabistonida yashovchi vatandoshlarimiz homiylik qilishi natijasida masjid viloyatda ko‘zga kuringan bir majmuaga aylandi. Masjidning birinchi imomi domla Otabek Safarov (Boqoniy) bo‘lgan. Masjid bir necha bor qayta ta'mirlangan va hozirgi kunda ham rekonstruksiya  qilinyapti. Masjidda bir vaqtning o‘zida 2500 kishi ibodat qilish imkoniga ega

Ziyoratga kelgan ayollar uchun aloxida ibodat qiladigan xona hamda aloxida taxoratxona mavjud. Masjidga chet mamlakatlardan ham mehmonlar tashrif buyuradi. Hozirgi kunda masjid imom xatibi Abilov Toshmuxammad domla boshchiligida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Masjid teratoriyasida 3 gektar tomchilatib sug‘oriladigan uzumzor va 1 gektar archazor barpo etilgan. Masjidga kelganlar uchun avtoturargoh ham mavjud.

Masjidning imom noibi Nodirxon Abdusamatov «Orlot» masjiti hamda «Orlot» qishlog‘i to‘g‘risida ilmiy izlanish olib bormoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 26/08/2020 16:33;   Ko‘rilganligi: 117
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/orlot-muhojirlar-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 28/11/2020 06:37