SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Oliy pedagogika instituti

Oliy pedagogika instituti

Samarqandda 1927 yil 22 yanvarda Oliy pedagogika instituti tashkil etilgan. Ushbu ta'lim muassasasi Markaziy Osiyodagi birinchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan. Madrasada oliy ma'lumot olgan milliy ziyolilarning taniqli vakillari bilan bir qatorda sobiq ittifoqning Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan professor o‘qituvchilar institutga ishga taklif etilgan. 1933 yilda Pedagogika akademiyasi va Tibbiyot instituti negizida Markaziy Osiyodagi eng yirik universitetlardan biri  O‘zbekiston davlat universiteti tashkil etilgan.

O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Kengashining №19 sonli  qarori.1933 yil 20 noyabrdan 31 dekabrgacha bulgan  UzGU ni  tashkil etish bo‘yicha yozishmalari  Samarqan viloyat arxivining 637 fondda saqlanmoqda.


Kiritilgan vaqti: 19/09/2020 11:46;   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/oliy-pedagogika-instituti
Chop etilgan vaqti: 27/10/2020 17:42