SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Mustaqillikning shonli yillari

Mustaqillikning shonli yillari

Samarqand shahar  shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi Samarqand viloyat ijroiya qo‘mitasining 1989 yil 13 fevraldagi 41/2-qarori hamda Samarqand shahar ijroiya qo‘mitasining 1989 yil 16 iyundagi 120/12-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Samarqand shahar hokimining 2019 yil 8 fevraldagi 276-Q-sonli qarori bilan Samarqand shahar Xo‘ja Axrori Vali ko‘chasi 21a  manzilda joylashgan ikki qavatli bino kapital ta'mirlanib binoning birinchi qavatidan 18 ta xonalar (umumiy maydoni 0,05668 ga) arxivga foydalanish uchun  biriktirib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5834-son Farmoni bilan Respublikadagi Idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari negizida Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tashkil etildi.

Dastlabki yillarda Samarqand shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida  12 ta fond unda 8045 saqlov birligidagi hujjatlar saqlangan bo‘lib        3 nafar xodim tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilgan.

Bugungi kunda arxivda 130 ta fond mavjud bo‘lib unda 40 mingdan ziyodroq shaxsiy tarkibga oid Samarqand shahridagi korxona, tashkilot va muassasalarning hujjatlari saqlanmoqda.

Arxivdagi mavjud fondlar ikki qismga ajratilgan bo‘lib sobiq sovet davri va mustaqillik davriga bo‘linadi. Hujjatlar har yili takomillashtirilib borilmoqda. Bugungi kunda arxivga qabul qilinayotgan shaxsiy tarkib hujjatlari bilan birgalikda ularning elektron nusxalari ham qabul qilinmoqda. Hujjatlarning elektron nusxalarini saqlash uchun alohida  joy ajartilgan bo‘lib ular quyosh nuri  va namlikdan himoyalangan metal shkafda joylashtrilgan.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun har tomonlama zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda  arxivda 9 ta xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Arxivning moddiy texnik bazasi zamonaviy talablarga mos keladigan komptyuter, skaner, nusxa ko‘chirish uskunalari, printerlar, saqlovxonalar  qo‘shimcha metal javonlar, xodimlarning ish xonalari mebel hamda konditsioner va binoning ichki va tashqi qismi video kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan bo‘lib arxivda korrupsiya illatlarini oldini olish maqsadida faqarolarni qabul qilish xonasida ovozli video kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 04/08/2020 20:44;   Ko‘rilganligi: 1002
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/mustaqillikning-shonli-yillari
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 09:00