SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Kattaqo‘rg‘on shahrida dramma teatrini tashkil etilishi tarixi

Kattaqo‘rg‘on shahrida dramma teatrini tashkil etilishi tarixi

Samarqand  viloyati  Kattaqo‘rg‘on shahar  teatri 1921 yilning 15 yanvarida rasman tashkil etilib  shu kuni Ziyo Saidning  “Qonli kun” spektakili bilan o‘z ishini boshlagan. Teatrga 1926-1958  yillarda  “Haqiqat” nomi beriladi.                 

1959-1961 yillarda musiqali drama teatri nomi beriladi   1962-1972 yillarda  Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri va  1973 yildan  2015 yilgacha Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulxamid Majidiy teatri nomi bilan faoliyat yuritadi  va 2016  yildan boshlab Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri nomi bilan bugungi kunda faoliyat yuritib kelmoqda teatr 500-o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib  O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishilgandan so‘ng teatr milliyligini yuqotmagan holda qayta ta'mirlanadi va zamonaviy  kurinishga keltiriladi.

 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri respublikada uzoq yillik tarixga ega  teartrlardan biri xisoblanadi va ushbu teartning arxiv xujjatlari Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida saqlanib kelinmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 04/08/2020 20:41;   Ko‘rilganligi: 1341
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/kattaqorgon-shahrida-dramma-teatrini-tashkil-etilishi-tarixi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 09:48