SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida Press-tur o‘tkazildi


2022 yil 28 mart kuni Samarqand viloyat  arxiv ishi hududiy boshqarmasi  va uning tizimidagi  davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida Press-tur o‘tkazildi.

Press-tur jarayonida jurnalist va blogerlar Pastdarg‘om hamda Samarqand tuman davlat arxivlarida bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan Samarqand viloyati hamda Respublikadagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib bordi.

Dastlab jurnalistlar Pastdarg‘om tuman davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va  fotoko‘rgazma bilan tanishdi.

Pastdarg‘om tuman davlat arxivi direktori A.Diyarov tuman davlat arxivida hujjatlar saqlanishini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, arxivida hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari, arxivda tashkilotlar hujjatlariga ilmiy texnik ishlov berish jarayoni bilan tanishtirildi.

 Press-tur Samarqand tuman davlat arxivida davom ettirilib, tuman davlat arxivi direktori D.Kadirov hujjatlarni restavratsiya qilish laboratoriyasi, hujjatlarni ta'mirlash jarayoni, ta'mirlashda ishlatiladigan xom-ashyolar va dastgohlar bilan ishlash, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari bilan tanishtirdi.

Press-tur yakunida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov 2021 yilda davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohatlar  hamda 2022 yilda belgilab olingan rejalar yuzasidan axboroti tinglandi.

Jumladan, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida  bugungi kunda      7 ta davlat arxivi, 1 ta davlat arxivining filiali va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari  tomonidan  arxiv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida  jami 224 ta xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa shundan, 123 nafar erkaklar, 101 nafar ayollar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 30 yoshgacha bo‘lgan hodimlar 34 nafar yoshlarni tashkil etadi.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat, shahar va tuman  arxiv muassasalarida 131 ta kompyuter to‘plamlari, 52 ta printer, 33 ta zamonaviy  skanerlar bilan jixozlangan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar shart-sharoyitlar yaratish maqsadida barcha arxivlarda alohida fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Ish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida internet tezligi oshirish uchun viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalari bosqichma-bosqich optik tolalari aloqa liniyalariga ulanmoqda.

 Bugungi kunda  viloyat, shahar va tuman  arxiv muassasalarida  12600 ta fondda  1 mln         542 ming 524 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan  asosiy faoliyatga oid hujjatlar 890 ming 113 saqlov birligini, shaxsiy tarkib hujjatlari esa 646 ming 582 saqlov birligini, shaxsiy kelib chiqish  hujjatlari 5 ming 155 saqlov birligini hamda ilmiy- texnikaviy va tibbiyot hujjatlari 674  saqlov birligini tashkil etadi.

Viloyat  arxiv  ishi hududiy boshqarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK) tomonidan davlat arxivining asosiy jamlash manbai bo‘lgan  viloyatdagi 114 ta tashkilot, korxona va muassasalarning ichki normativ hujjatlari (Yig‘majildlar nomenklaturasi, Ish yuritish yo‘riqnomasi, Ekspert komissiyasi nizomlari, Idoraviy arxiv nizomi) ko‘rib chiqilib kelishib berildi.

Shuningdek, 2021 yil davomida qog‘oz asosidagi o‘ta qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularning elektron nus'halarini yaratish ishlarini olib borishda arxivlarda  o‘ta qimmatli xujjatlardan 3587 saqlov birligidagi 896 649 ta kadrdan iborat hujjatlar elektron nusxalar yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan (e.archive.uz) elektron tizimiga bosqichma-bosqich kiritilib borilmoqda.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman davlat arxivlarida 2020-yil noyabr oyidan boshlab yagona elektron hujjat aylanish (arxiv.ijro.uz app.ijro.uz)  tizimi joriy etildi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-sonli qaroriga asosan Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma'lumotnomasini berish  xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2021 yil 23 sentyabrdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 597-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan “Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti” va 2-ilovasiga asosan “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglament”lariga  muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan yaratilgan (my.archive.uz) elektron tizimi davlat xizmatlari (my.gov.uz) tizimiga integratsiya qilinib, hozirgi kunda fuqarolarga elektron  arxiv ma'lumotnomalarini taqdim etilmoqda.

  Viloyat arxiv muassasalari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha 2021 yil davomida viloyat, tuman va shahar muassasalarida jami 62 998 ta, Shundan  44 557 ta  ijtimoiy huquqiy, 18 441 ta mavzuli  so‘rovlar kelib  tushdi. So‘rovlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ularning 56 294 tasi  ijobiy hal etildi.

Shundan 46 311  nafar fuqarolarga viloyat arxiv muassasalari tomonidan bepul arxiv xizmati ko‘rsatildi.

davlat arxivlarining o‘quv xonalarda joriy yilda  69 nafar tadqiqotchilar ish olib bordilar, ularga 145 saqlov birligidagi hujjatlar taqdim qilindi.

2020 yilda  Pastdarg‘om va  Narpay tuman davlat arxivlarini yangi zamonaviy  binolari  qurilib  foydalanishga topshirildi. Samarqand tuman davlat arxivi  tomonidan  25 dona zamonaviy mobil javonlar sotib olib o‘rnatildi.

2020-yilda  Pastdarg‘om tuman davlat arxivi tomonidan 170 mln so‘mga 15 ta zamonaviy mobil javon sotib olib o‘rnatildi. Kattaqo‘rg‘on  shahar davlat arxivi binosini joriy ta'mirlash  uchun  152 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

2021 yilda Bulung‘ur tuman davlat arxiviga mahalliy byudjet tomonidan 350 mln so‘m. mablag‘ ajratilib, joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, Paxtachi, Oqdaryo va Urgut tuman shaxsiy tarkib xujjatlari davlat  arxivlari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan  arxiv  binolari joriy  ta'mirdan chiqarildi.

Shuningdek, Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilda viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga  muvofiq  viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida sayyor qabul o‘tkazilib, jami 114 fuqarolarni murojaatlari ko‘rib chiqilib tegishli tartibda hal qilindi.

2021 yilda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalaridan jami  31 nafar rahbar va xodimlar malaka oshirish kurslariga ishtirok etishdi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil  22 iyundagi PQ-5157-sonli qaroriga muvofiq birgina Samarqand viloyatida arxiv sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan 10 nafar  o‘rta-maxsus ma'lumotga ega  xodimlar  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilindi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


Oxirgi o‘zgarish: 28/03/2022 16:51;   Ko‘rilganligi: 468
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/inson-qadri-uchun-tamoyili-asosida-davlat-arxivlarida-amalga-oshirilayotgan-islohotlar-va-samarqand-viloyatida-arxiv-ishi-va-ish-yuritish-holati-boyicha-samarqand-viloyati-arxiv-muassasalariga-tashrif-mavzusida-press-tur-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 16:07