SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Elboy Qorabayev

Elboy Qorabayev 1917 yil 15 mayda Samarqand viloyati Ishtixon tumanining Bahrin qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ulgan.

 E.Qoraboyev 1941 yil iyul oyida qizil armiyaga chaqirilgan.  1942 yildan     722 o‘qchi o‘qchi polkida avtomatchilar 206-o‘qchi dviziyasi  qo‘mondoni bo‘lgan.  1943 yil 25 sentyabrda Pekari qishlog‘ida (Cherkasskoy viloyati Kanevskiy tuman)   birinchilardan bo‘lib Dnepr daryosi va plumyot olovni kesib daryo o‘zanidan kesib o‘tilgan,  1943 yil 7 oktyabrda jangda huddi shu tumannig Studentskiy qishlog‘ida qimmatbaxo hujjatlarni olib, tashkilotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan dushman pulyomotini yuq qilgan.

Navbatdagi qizg‘in jang Kiyev busaqasidagi stansiyada buldi, jang vaqtida rota kamandiri safdan chiqdi, hujumga o‘tish buyrug‘i berilganda Qoraboyev o‘rnidan turib rota jangchilarini olg‘a boshladi. Stansiya egallandi. Qumondonlik Qoraboyevning xizmatiga yuksak baxo berdi. Serjant Qoraboyev Qizil yulduz ordeni bilan mukofatlandi.

Dnepr daryosini birinchilar qatorida kechib o‘tkanligi, dushman joylashgan tepalikka xujum qilishda jasurlik kursatganligi uchun serjant Elboy Qoraboyevga SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 3 iyundagi Farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qaxramoni yuksak unvoni berildi.

Urushdan keyin serjant Elboy Qoraboyev o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Ishtixon tumanining V.V.Kuyibeshev kolxozida 1948-1961 yillar kolxoz raisi bo‘lib ishladi. Sovet Ittifoqi Qaxramoni Elboy Qoraboyev 1989 yil 22 avgustda  72 yoshida vafot etdi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 26/04/2021 14:28;   Ko‘rilganligi: 810
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchisi-elboy-qorabaev
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 08:13