SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Canayev G‘ulom

Sanayev G‘ulom 1923 yilda Samarqand viloyati Qoradaryo (hozirgi Kattaqurg‘on) tumanining Yuldosh Oxunboboyev jamoa xujaligida, Qushtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan.

1942 yil may oyida ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun xarbiy xizmatga safarbar etilgan.

1942 yil iyul oyidan dastlab Volxov frontida 172 - raqamli  gaubitsa arteleriya polki tarkibida Leningrad shahrining mudofasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan.

1 – chi Boltiqbuyi frontida 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Boltiqbuyi Respublikalarini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda olib borilgan janglarda qatnashgan.

1943 yilda gvardiya serjanti harbiy unvoni berilgan va arteleriya orudiya komandiri etib tayinlangan.

1 - chi Bellorussiya frontida 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahrini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda olib borilgan janglarda ishtirok etgan.

 1944 – 45 yillarda 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Germaniya hududini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda va Berlin shahrini zabt etishda olib borilgan janglarda mardonovor ishtirok etgan.

1947 yil fevral oyida armiya safidan demobilizatsiya qilingan va ikkinchi jahon urushida mardonovor ishtiroki uchun quyidagi davlat mukofotlari :

1)   “Jasoat” medali;

2)   “Leningrad mudofasi uchun” medali;

3)   “Kenigsbergni ozod etilganligi uchun” medali;

4)   “Berlinni ozod etilganligi uchun” medali

5)   “1941 – 45 yillarda Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan. 

Urushdan qaytgandan keyin bir muddat Y. Oxunboboyev nomli kolxozda mehnat qilgan, lekin urush vaktida olgan jaroxatlari sabab ko‘p vaqt kasal bo‘lib yotgan.  1981 yil 5 noyabrda vafot etgan va Kattaqo‘rg‘on tumanining Muminxuja kishlogida dafn etilgan. 



Oxirgi o‘zgarish: 03/05/2021 09:45;   Ko‘rilganligi: 786
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchisi-canaev-gulom
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 09:07