SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#Bayrog‘im_g‘ururim

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o‘rni katta.

 

Zero Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

 

Shu bois, bugun erta tongdan 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat

Bayrog‘i  to‘g‘risida”gi   qonuni  qabul qilingan  kun munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

 

 Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 18/11/2021 08:23;   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/bayrogim_gururim
Chop etilgan vaqti: 03/12/2021 06:48