Xabarlar

#Navro‘z_bayrami_kuni_arxiv_hujjatlarida

16-03-2021 08:56   797

Samarqand ahli Afrosiyob maydonida navro‘z bayrami saylida.
Samarkand 1900 yil .
Ushbu foto xujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
Polyakovning shaxsiy fondidan.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati


#Hashar_elga_yarashar

13-03-2021 11:57   732

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 martdagi 96-f-sonli farmoyishi hamda “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 11 martdagi 6-AF-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxivlarda erta tongdan  “Obod va ko‘rkam mahallam” “Mahallamga 30 tup daraxt mening tuxfam” shiorlari ostida  umumxalq hayriya hashari tashkil etildi. Hayriya hasharida arxiv binolari hovlisiga kuchatlari va gullar ekilib, atrof hududlarni maishiy chiqindilardan tozalandi. Daraxtlar oqlandi va nihollarga esa shakl berib arxivchilar Yurtimiz obodonligi, hamda ko‘rkamligini saqlashga o‘z hissalarini qo‘shishdi.


#Sayyor_qabul_davomida

10-03-2021 11:52   765

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A,A.Mamanazarov Narpay tuman davlat arxivida tashkil etilgan Ma'naviyat va Ma'rifatchilar xonasi hamda o‘quv tadqiqotchilar xonalarida xodimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shudan so‘ng Ma'naviyat va Ma'rifatchilar xonasini o‘zida Narpay tuman davlat arxivi xodlimlari bilan yig‘ilish tashkil qilinib sohada olib borilayotgan islohatlar,  qonun va qarorlar mazmun-mohiyati haqida arxivchi xodimlarga tushintirib berildi.


Narpay tuman davlat arxivida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

10-03-2021 11:23   681

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 10-mart kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Narpay tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar

05-03-2021 12:07   796

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakil-lik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, ma'rifat, madaniyat, arxiv va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimiz-ning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar.

Bu haqda gapirganda, avvalo, buyuk shoir, alloma Mir Alisher Navoiy hazratlarining  "Jannat onalarning oyog‘i ostidadir" degan hikmatli so‘zlarini yana bir bor eslaymiz va mehribon, muqaddas Ona siymosi oldida barchamiz bosh egib ta'zim qilamiz.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab ta'riflar keltirish mumkin.

Bahorning faslining ilk kunlaridan arxiv jamoasida ham sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimizni tabriklash uchun bayram tadbirini tashkil etildi.Dastavval, arxiv tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar gullar, samimiy tilaklar, tabriklar va esdalik sovg‘alari ulashildi. Shu o‘rinda:

Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!

Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz.

Tilagimiz va niyatimiz bitta — oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman.  Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin!  Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali  https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

03-03-2021 08:40   696

Joriy yilning 10-mart kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Narpay tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Samarqand viloyati,Narpay tumani, Tepa MFY.
Murojaat uchun tel: +998 (66) 432 11 65


#Foto_hujjat_Foto_Dokument

26-02-2021 12:01   754

UZ:Samarqand - tarixidan 1916 yil
Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
Professor I.I.Umnyakovning shaxsiy fondidan.

RU:Istoriya Samarkanda 1916 god
Danniy dokument naxoditsya v Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive.
Lichniy fond professora I.I.Umnyakova.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

25-02-2021 10:42   786

Joriy yilning 24-fevral kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha

sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Endilikda Ish haqi va ish stajingiz to`g`risidagi arxiv ma’lumotnomasini qanday olishni bilmoqchimisiz?

25-02-2021 10:39   745

Bu haqida Yoshlar ovozi gazetasining 2021-yil 22-fevraldagi № 04 (390) sonida
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig`i A.A.Mamanazarovning
savol javob tarzida chop etilgan maqolasi


Arxivlarda hujjatlar qanday holatda saqlanmoqda

25-02-2021 10:37   741

Yoshlar olami gazetasining 2021-yil 22-fevraldagi № 04 (390) sonida Samarqand tumani davlat arxivi direktori D.Kadirovni “Qog`oz hujjatlari saqlanadigan joyda haroratga e’tibor qanchalik ahamiyatli ?” mavzusida maqolasi chop etildi.