15-08-2023 09:11 135
SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI
Joriy yilning 18-avgust kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2023-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Toyloq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.
Manzil: Samarqand viloyati, Toyloq tumani, “Shopulat” mahallasi
Murojaat uchun tel: +998 (93) 999 59 86
09-08-2023 16:04 142
08-08-2023 15:40 144
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ajrim hujjatlari, kadastr bilan bog'liq muammolar bilan murojaat qilishdi. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqildi. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
02-08-2023 13:20 154
“Obodonlashtirish oyligi”da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv xodimlari tomonidan arxiv hududida obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-iyuldagi 05/1-402-son topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligini 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha respublikamizda “Obodonlashtirish oyligi”da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari faol ishtirok etdilar.
Samarqand viloyati davlat arxivi xodimlari tomonidan arxiv muassasi hamda uning hududida obodonlashtirish tozalash ishlari tashkil etildi.
27-07-2023 14:44 154
27-07-2023 07:43 188
25-07-2023 13:38 222
Bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hudududiy boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Brifing o‘tkazildi.
Brifing tafsilotlari qo‘shimcha taqdim etiladi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati
24-07-2023 08:00 151
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 20-fevraldagi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat davlat arxivi hamda Samarqand tuman davlat arxivlariga quvvati 15 kVt/ soat bo'lgan quyosh panellari o’rnatildi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati
24-07-2023 07:19 153
SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN QO'SHRABOT TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2023-yilning II-yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Qo'shrabot tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli oʻtkazildi.
Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
20-07-2023 10:34 209
DIQQAT E’LON!
2023-yil 25-iyul soat 11:00 da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2023-yil I-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.
Mazkur brifinga davlat va nodavlat OAVda faoliyat yuritayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.
Manzil: Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydoni 7-uy viloyat davlat arxivi binosida
Murojaat uchun telifonlar: (66) 233 56 50 (93) 345 72 22