SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

18 oktyabr Samarqand shahri kuni

#Kun_tarixi


18 oktyabr Samarqand shahri kuni


1996 yil 18 oktyabr kuni Amir Temur bobomizning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18 oktyabr Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi. Shundan buyon har yili bu sana keng nishonlab kelinmoqda.          

                                              


Shahardagi Registon majmuasi, Amir Temur, Bibixonim, Oqsaroy, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr, Bibixonim masjidlarida ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Ular atrofi obodlashtirilib, yangi bog‘ va xiyobonlar tashkil etildi.


 YUNYESKOning 2001 yil Finlyandiyada o‘tkazilgan 25 sessiyasida Samarqanddagi mazkur me'moriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bugungi kunda Samarqand shahri maydoni kengaytirilib million shaharga aylantirsh ishlari olib borilmoqda mahallalar, umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari soni ortib bormoqda. 


Samarqandga dunyo nigohi qaratilmoqda 1997 yildan buyon Samarqand shahri dunyo miqyosidagi yirik san'at anjumani - “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda. 


Samarqand viloyat davlat arxivining 27 fonida saqlanayotgan 1897-1899 yildagi Samarqand shahar xaritasidagi ma'lumotga ko‘ra shahar chegarasi atiga ( 3594 des. 760 kv.saj. xaritada yozilgandek berilmoqda) bo‘lgan.



Oxirgi o‘zgarish: 17/10/2021 12:33;   Ko‘rilganligi: 248
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/18-oktyabr-samarqand-shahri-kuni
Chop etilgan vaqti: 03/10/2022 11:40