06-03-2021 12:30 0
Joriy yilning 06 mart kuni Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan, 1996-2010 yillarda Samarkand tuman davlat arxivida direktor lavozimida ishlagan mehnat faxriysi ustoz Akramova Mavluda Sharipovnani xolidan xabar olib 8-mart bayrami bilan tabrikladi.
05-03-2021 12:07 0
Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakil-lik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, ma'rifat, madaniyat, arxiv va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.
Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimiz-ning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar.
Bu haqda gapirganda, avvalo, buyuk shoir, alloma Mir Alisher Navoiy hazratlarining "Jannat onalarning oyog‘i ostidadir" degan hikmatli so‘zlarini yana bir bor eslaymiz va mehribon, muqaddas Ona siymosi oldida barchamiz bosh egib ta'zim qilamiz.
Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab ta'riflar keltirish mumkin.
Bahorning faslining ilk kunlaridan arxiv jamoasida ham sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimizni tabriklash uchun bayram tadbirini tashkil etildi.Dastavval, arxiv tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar gullar, samimiy tilaklar, tabriklar va esdalik sovg‘alari ulashildi. Shu o‘rinda:
Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!
Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz.
Tilagimiz va niyatimiz bitta — oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!
O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive
03-03-2021 08:40 0
Joriy yilning 10-mart kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Narpay tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Manzil: Samarqand viloyati,Narpay tumani, Tepa MFY.
Murojaat uchun tel: +998 (66) 432 11 65
26-02-2021 12:01 11
UZ:Samarqand - tarixidan 1916 yil
Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
Professor I.I.Umnyakovning shaxsiy fondidan.
RU:Istoriya Samarkanda 1916 god
Danniy dokument naxoditsya v Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive.
Lichniy fond professora I.I.Umnyakova.
25-02-2021 10:42 5
Joriy yilning 24-fevral kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha
sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali
https://t.me/sam_archive
25-02-2021 10:39 6
Bu haqida Yoshlar ovozi gazetasining 2021-yil 22-fevraldagi № 04 (390) sonida
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig`i A.A.Mamanazarovning
savol javob tarzida chop etilgan maqolasi
25-02-2021 10:37 11
Yoshlar olami gazetasining 2021-yil 22-fevraldagi № 04 (390) sonida Samarqand tumani davlat arxivi direktori D.Kadirovni “Qog`oz hujjatlari saqlanadigan joyda haroratga e’tibor qanchalik ahamiyatli ?” mavzusida maqolasi chop etildi.
23-02-2021 08:00 0
UZ:Chorsu-Registon maydoni va Toshkent ko‘chasini boshi 1959 yil.
Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
Kanotovning shaxsiy fondidan.
RU: Chorsu na ploshadi Registan i nachalo ulitsi Tashkentskaya. 1959 god
Danniy foto dokument naxoditsya v
Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive.
Lichniy fond Kanotova.
23-02-2021 07:57 5
Joriy yilning 24-fevral kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Manzil: Gulobod Qo‘rg‘oni
Murojaat uchun +998 (66) 612 51 50
19-02-2021 14:16 9
Copyright © 2012 — 2021. SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI. Сайт материалларидан фойдаланганда http://samarchive.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Matnda xatolik topdingizmi? Matnni tanlab CTRL+ENTER bosing.