SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 649-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2020 yil   23 oktyabrdagi 205-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 649-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2020 yil   23 oktyabrdagi 205-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 01 dekabr kuni Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida Samarqand shahar FVB yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Boltayev Baxtiyor Yunusovich hamda Samarqand shahar FVB yong‘in xavfsizligi bo‘limi mutaxassisi Axmedov Furqat Baxtyorovichlar ishtirokida Yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Boltayev Baxtiyor Yunusovich maruzasida aholi o‘rtasida kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida gapirdi. Ta'kidlanganidek, insoniyat hayotida biror kun yo‘qki, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lmasa. Afsuski, barcha texnogen holatdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sababchisi insonning o‘zi ekanligini takidlab bu borada xushyorlikka chaqirdi.


Tadbir davomida Samarqand shahar FVB yong‘in xavfsizligi bo‘limi mutaxassisi Axmedov Furqat Baxtyorov maruza qilib arxivda saqlanayotgan hujjatlar tarixiy hujjatlar hisoblanadi buni asrab avaylab kelajak avlodga yetkazishimiz zarur buning uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borish  doimiy mas'uliyat talab qiladigan vazifadir. 

Shunday ekan, ana shu mas'uliyatni dildan his qilib, siz nafaqat arxiv hujjatlari balki shaxsiy mol-mulkingizni asrab qolgan, balki yaqinlaringiz hamda farzandlaringiz xavfsizligini ham ta'minlagan bo‘lasiz. Zero, yong‘inni o‘chirgandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal deb maruzalarini yakunladi.

O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 01/12/2020 17:13;   Ko‘rilganligi: 158
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/events/yongin-xavfsizligi-boyicha-tadbir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2021 19:13