SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“Baxtimiz, Iqbolimiz shu qomusda mujassam”


Joriy yilning 07 dekabr kuni Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan tizimdagi arxivlar hamda Samarqan viloyat davlat universiteti o‘qituvchisi I.Qurbonboyev ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov ochiq deb elon qildi va tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz Bosh qomusimiz ya'ni “Konstitutsiya nima?” va u bizga nega kerakligini xar-bir arxiv xodimi tushunib yetishi hamda haq-huquqlari va erkinliklarini bilishi va ma'suliyat xissini yanada oshirishi lozimligini takidlab, tarixda shunday kunlar, voqealar bo‘ladiki, ular avlodlar xotirasida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilingan kun biz uchun ana shunday unutilmas sana hisoblanadi. Shu bois, har yili mamlakatimizda 8 dekabr Bosh qomusimiz qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi deb yig‘ilish qatnashchilarini bayram bilan muborakbod etdi.


Bosh qomusimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish hamda modernizatsiya qilish, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga tatbiq etishda eng muhim va mustahkam huquqiy asos bo‘layotganini alohida qayd etib Arxiv sohasida bo‘layotgan islohatlarni birma bir sanab xozirda xar bir arxiv xodimi bulardan faxr-iftixorga to‘layotganligini takidladi va suz navbatini Samarqand Davlat Universiteti o‘qituvchisi I.Qurbonboyevga berdi 


Joriy yilning 07 dekabr sanasida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida viloyat, shahar va tuman arxiv muasssaslari rahbar va mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand Davlat Universiteti o‘qituvchisi I.Qurbonboyev “Konstitutsiya” borasida o‘zlarining kerakli bilimlari bilan o‘rtoqlashib, ko‘rsatma va tavsiyalarini berib yig‘ilish qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Kiritilgan vaqti: 07/12/2020 15:54;   Ko‘rilganligi: 2062
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/events/baxtimiz-iqbolimiz-shu-qomusda-mujassam
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:47