Tadbirlar

"Qadring baland bo'lsin ona tilim"

14-10-2021 14:48   1889

21- oktabr  “O‘zbek tili bayrami kuni”ni  keng nishonlash maqsadida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Samarqand viloyat davlat arxivida “QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Umirova Svetlana  Ma’murjonovna, Samarqand davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolmuxamedov Baxtiyor Farxodovich, Samarqand davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Islamova Dinara Azamatovnalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot davri juda qadimiydir. Chunki tilimiz rivojlanish davri eramizdan avvalgi davrlarga borib taqaladigan va bugungi kunda o'ttizdan ortiq tilni o‘z ichiga olgan turkiy tillar oilasiga kiruvchi tildir. Va faxr bilan aytishimiz mumkinki, turkiy tilda yozilgan, bizga qadar saqlanib qolgan eng ko‘hna yodgorliklarimizni ham biz tushuna olamiz. Ulardagi ko‘pgina so‘zlarning aynanligicha saqlanib qolgani va hozirda ham umumiste’molda foydalanilayotgani buning sababi, desak yanglishmaymiz. Tarixdan ma’lumki, tilimiz o‘lkamizda hukm surgan mashhur podsholiklarning davlat ishlari yuritishdagi asosiy tili bo‘lgan. Agar shunday bo‘lmaganda, mashhur Turk hoqoni Bilga hoqon va uning sarkardasi To‘nyuquq o‘z hayot yo‘li aks etgan bitiktoshlarni shu tilda yozdirmagan bo‘lar edi. Qoraxoniylar davrida yaratilgan, davlat boshqaruviga oid «Qutadg‘u bilig» asari, buyuk sarkarda Amir Temurning «Temur tuzuklari», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari bu tilda yozilmas edi.

Tilimiz o‘sha davrlardayoq Movarounnahr va Xuroson bo‘ylab keng tarqalgan va iste’molda bo‘lgani sababli shayx ul-mashoyix Ahmad Yassaviy o‘z «Hikmatlar»ini shu tilda yozgan va minglab ixlosmandlariga islom g‘oyalari, tariqat odobini shu tilda tushuntirgan. Hatto hikmatlarida «Otim Ahmad, Turkistondir elim mening, // Yurtim turk, elim turk, tilim turkdir.// Tilim ko‘p tillardan ko‘ruklikdir», – deb iftixor etganlar.

 Tilimiz bir necha yuz yillar ajdodlarimizning ona tili hisoblanib kelgani uchun uning kelajagi to‘g‘risida kurashlar, xatti-harakatlar to‘xtamagan. Hazrat Alisher Navoiy umrboqiy asarlarini shu tilda yozganlar, bu tilning boshqa tillardan qolishmasligini nazariy jihatdan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari, amaliy jihatdan «Xamsa» asari va minglab g‘azal-ruboiylari orqali isbotlaganlar.

Bu til ilm tili bo‘la olishini «Mezon ul-avzon» asari bilan, rasmiy bayonda ham boshqa tillardan qolishmasligini «Vaqfiya», «Munshaot» asarlari bilan dalillaganlar. 

  Xullas, qancha-qancha qiyinchiliklar, to‘siqlarga qaramay, ajdodlarimiz tilimizni avaylab, butun jozibasi, kuch-qudratini asoslab, bor imkoniyatlarini dalillab, rivojlantirib bizga yetkazib berishdi. Davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida ta’kidlaganlaridek, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar. Va shu orqali tilimizni umrboqiy bo‘lishi, zamonlar osha o‘lkamizda yangrashini ta’minlaganlar. Ajdodlarimiz singari biz ham  faxrimiz, qadrimiz bo‘lgan ona tilimizni asrashimiz, kelajak avlodga sofligicha, ming bir jilosi bilan  yetkazishimiz kerak deb Samarqand davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Umirova Svetlana  Ma’murjonovna, o‘z ma'ruzalarini yakunladilar.

tadbir sungida Samarqand viloyat davlat arxivi hamda Samarqand davlat universiteti filalogiya fakulteti bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etib borayotganligi uchun Samarqand davlat universiteti filalogiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilariga Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali

 https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Bugun “Mustaqillik- arxiv hujjatlari, tahlil, imkoniyat, mas'uliyat” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

25-08-2021 09:01   1274

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga

tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-4926-son

qaroriga muvofiq hamda “O‘zarxiv” agentligining 2021-yil 11-avgustdagi 01-27/1050-sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi viloyat davlat arxivi binosida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi sardorlar maktabi yosh volontiyorlar hamda Samarqand Davlat universiteti tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Samiyev, viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Mustaqillik – arxiv hujjatlari, tahlil, imkoniyat, mas'uliyat” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barcha tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, davlatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng arxiv sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan islohatlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbirda so‘z olgan tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Samiyev arxivlarning tarixni saqlab qolishdek mas'uliyatli, sharafli hamda zaxmatli faoliyati haqida to‘xtalib, bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovorligini alohida ta'kidlab, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari o‘tgan davrda erishilgan yutuqlari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi.

Tadbir ishtirokchildari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali  https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


“9-iyun xalqaro arxivlar kuni” va “ 15 iyun arxiv ishi to‘g‘risidagi Qonun” qabul qilinganligi munosabati bilan Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv rahbar va xodimlari taqdirlandi

07-06-2021 13:32   1346

Bugun "9-iyun xalqaro arxivlar kuni" va "15-iyun arxiv ishi to‘g‘risidagi Qonun" qilinganligi munosabati bilan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivi direktori J.Ganiyev, Bulung‘ur tuman davlat arxivi direktori Sh.Ravshanov, Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori B.Sirojiddinov, Paxtachi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Sh.Davronovlar Arxiv sohasi rivoji, taraqqiyotiga o‘zining hissasini qo‘shib kelayotgan, jamiyatimizda sohaning o‘rni va rolini kuchaytirishda, hamda "9-iyun xalqaro arxivlar kuni" va 15-iyun "Arxiv ishi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori U.M.Yusupov tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.


Tashakkurnomani boshqarma boshlig‘i rasman topshirdi shu jumladan "9-iyun xalqaro arxivlar kuni" va 15-iyun "Arxiv ishi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand viloyat davlat arxivi direktori Sh.Mavlonov, Jomboy tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Sh.Mamarasulov, Payariq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori B.Murodov, Qo‘shrabod tuman davlat arxivi direktori A.T.Mamanazarov, Pastdarg‘om tuman davlat arxivi direktori A.Diyarov, Pastdarg‘om tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Sh.Tursunova, Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori F.Qulmamatov, Urgut tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori E.Djaxbarov, Kattaqo‘rg‘on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Sh.Qodirov, Tayloq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori S.Qosimov, Oqdaryo tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Z.Ermonov, Narpay tuman davlat arxivi direktori J.Sadinov, Samarqand viloyat davlat arxivi bo‘lim mudiri Sh.Baxritdinova, Samarqand viloyat davlat arxivi yetakchi arxivchisi S.Jurayeva, Samarqand viloyat davlat arxivi fond saqlovchisi G.Xayitqulova, Samarqand viloyat davlat arxivi 2-darajali arxivchisi T.Muxitdinova, Samarqand viloyat davlat arxivi 2-darajali arxeografi Sh.Ibragimovalar Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.



Tadbir davomida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari  tashkilot va korxonalarning hujjatlarini tartibga keltirish mavzusida qisqa muddatli (uch kunlik) malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi uchun jami 14 kishiga Arxiv ishi va ish yuritish ilmiy-metodik markazi tomonidan berilgan sertifikatlar topshirildi.





O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive



Sentral Asia - 2021

21-05-2021 06:51   1004

19 may kuni An'anaviy tarzda Milliy kutubxona tomonidan utkazilib kelinayotgan "Sentral Asia - 2021 Fan, ta'lim,  madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari"  XIV Xalqaro konferensiyasi, Xalkaro forumi ochilish marosimida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tabrik nutqi bilan ishtirok etdi.




Manba: "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi "Samarqand viloyat davlat arxivi 100 yoshda" shu munosabat bilan o‘tkazilgan press-tur

22-04-2021 06:59   1007


"Agentlik kubogi" sport musoboqalari

11-03-2021 15:43   1001

"AGENTLIK KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI SAMARQANDDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respupblikasi “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 53-sonli buyrug‘i, 2021 yil 11 fevraldagi №3-AF farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun sportning Futbol, stol tennisi, yugurish, tosh ko‘tarish, shaxmat, shashka to‘rlari bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Jizzzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari yosh xodimlari o‘rtasida "Agentlik kubogi" saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Qashqadaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasidan Yoshlar ishlari bo‘ycha mutaxassis A.Suyarov bosh hakamlikni olib bordi.Qizg‘in bo‘lib o‘tgan “Agentlik kubogi” sport musobaqasi saralash bosqichida eng ko‘p sovrinli o‘rinni Jizzax viloyati arxivchilar jamoasi egalladi va respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.


Fursatdan foydalanib musobaqani tashkil etishda yaqindan yordam bergan Samarqand viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali  https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


#BALLI_QIZLAR

06-03-2021 08:03   986

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Andijon viloyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston milliy arxivlari yosh xodimalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Balli qizlar” bellashuvida Samarqand viloyat arxiv ishi huduiy boshqarmasi yosh xodimlari faol ishtirok etib faxrli III o‘rinni egallashdi.

Fursatdan foydalanib Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi nomidan bellashuvda ishtirok etgan S.Asadova, N.Salomova, Ch.Rasulova, E.Rizaqulov, M.Ro‘ziyevalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


“Biz ajdodlarimizning boy tarixiga befarq emasmiz”

14-01-2021 08:29   1105



"Mardlar quriqlaydi Vatanni"

13-01-2021 11:42   1287



“Baxtimiz, Iqbolimiz shu qomusda mujassam”

07-12-2020 15:54   2061