SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rasmiy bayonoti

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rasmiy bayonoti

O‘zbekiston Respublikasida koronovirus pandemiyasi natijasida e'lon qilingan karantin sababli 2020 yil 24 martdan e'tiboran respublikadagi barcha davlat arxivlarida “KARANTIN” e'lon qilinadi va vaqtincha foydalanuvchilarga ananaviy tarzda xizmat ko‘rsatish TO‘XTATILADI.

Karantin vaqtida respublikadagi davlat arxivlarining qabulxona va hujjatxonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Karantin jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. So‘rovlar elektron qabul qilinadi.

Davlat arxivlariga fuqarolar mehnat staji va ish xaqi bo‘yicha arxiv ma'lumotnomalarini olish uchun elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmat portali my.gov.uz, elektron pochta uzarchive@archive.uz (jumladan milliy arxivlar va arxiv ishi hududiy boshqarmalarining elektron pochta manzillari Agentlikning rasmiy veb-sayti www.archive.uz da joylashtirilgan) manzillariga murojaat etishlari mumkin. So‘rovingizning ijro holati yuzasidan telefon orqali bilib ham olishingiz mumkin. "O‘zarxiv" agentligi "Ishonch telefoni" 71-230-50-44.

Foydalanuvchilarni qabul qilishni amalga oshirilishi oldindan “O‘zarxiv” agentligining archive.uz rasmiy saytida e'lon qilinadi.

Manba:“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 04/08/2020 21:01;   Ko‘rilganligi: 1339
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/contests/ozarxiv-agentligi-axborot-xizmati-rasmiy-bayonoti
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 09:56