SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekiston Respublikasi arxivchilarining etika Kodeksidan ko‘chirma

1.O‘zbekiston Respublikasi arxivchilarining etika Kodeksi (qeingi o‘rinda “Kodeks”) arxivchi kasbiga va arxiv ishi sohasida faoliyat yuritishga nisbatan yuqori darajadagi kasbiy talablarni belgilashda  axloqiy mezon hisoblanadi.

2. Mazkur Kodeksda keltirilgan “arxivchi” atamasi mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha arxiv muassasalarida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobini olib borish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish borasida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlarga taalluqlidir.

3. “Mijoz” atamasi arxiv idorasi va arxiv xodimlari xizmatidan foydalanadigan hamda ular bilan  bevosita munosabatda bo‘ladigan tashkilotlar, idoralar, muassasalar va boshqa shu kabi yuridik shaxslarning vakillari hamda jismoniy   shaxslarni nazarda tutadi.

4. Quyidagilar Kodeksning asosiy maqsadi etib belgilanadi:

“Arxivchi” degan yuksak nomga munosib faxr tuyg‘ularini  va kasbiy g‘ururni shakllantirish;

arxiv xodimlarining kasbiy ahloq mezonlari doirasida faoliyatlarini samaralitashkil etishlariga ko‘maklashish;

ish jarayonida arxiv muassasalari rahbarlari va xodimlari o‘rtasidagi hamda ular bilan arxiv mijozlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shu jumladan huquqiy munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga zamin yaratish;

 arxiv xodimlarining muomala madaniyati, yurish-turish va xulq-atvor tamoyillarini o‘zida mujassam etish;

arxivchilarda qonuniy, kasbiy va axloqiy normalarga rioya qilish va milliy qadriyatlarni avaylash hususiyatlarini va ko‘nikmalarini shakllantirib borish va rivojlantirish;

arxivning barcha xodimlarida, mehnat faoliyati yo‘nalishining qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, ish joyida, arxivda, umuman faoliyat yo‘nalishida korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish, unga qarshi kurash yuzasidan shaxsiy hususiyatlarni singdirish, o‘zida korrupsion illatlarga berilmaslik “immuniteti”ni hosil qilish.

5. Arxiv ishi bo‘yicha faoliyat yurituvchi arxivlar va idoraviy arxivlarning xodimlariga mazkur Kodeksda belgilangan talablar va me'yorlar yetkazilishi shart hisoblanadi. Arxivga ishga olinayotgan yangi xodim lavozimidan qat'iy nazar, ushbu Kodeks bilan shaxsan tanishib chiqqandan so‘nggina mehnat faoliyatini boshlaydi. 

Kodeksda keltirilgan tamoyillar izohlar bilan birga ko‘riladi va ular o‘zaro uyg‘unlashgan tarzda Etika kodeksini tashkil etadi.

Korrupsiya haqida xabar berish

 

 


Kiritilgan vaqti: 04/08/2020 11:41;   Ko‘rilganligi: 119
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/education/pupils/korrupsiyaga-qarshi-kurashish
Chop etilgan vaqti: 28/11/2020 00:37