SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

FAOLIYAT

Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Samarqand viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Samarqand viloyatidagi arxiv idoralarida arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta`sirchan nazoratni amalga oshirishni ta`minlash;

Samarqand viloyatiga oid O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish,   ularni saqlash, davlat hisobini yritish va  ulardan foydalanish;

Samarqand viloyat davlat arxivlari hamda Samarqand viloyatidagi idoralararo xo`jalik hisobidagi

 shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko`rsatishini ta`minlash;

Samarqand viloyatida arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtitrish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

Arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini Samarqand viloyat arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga  joriy etish;

Arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o`rganish va Samarqand viloyat arxiv idoralarida  ommalashtirish .  


Kiritilgan vaqti: 04/08/2020 21:46;   Ko‘rilganligi: 58
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/about/faoliyat
Chop etilgan vaqti: 22/09/2020 22:47