Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi

Ishonch telefonlari

Ishonch telefonlari

+998(66)233-56-50



Print

Tabriklaymiz!

Chop qilingan sana: 05.03.2019

O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI

 Muhtarama onaxonlar!

Munis opa-singillar, lobar qizlarim!

Go‘zal yurtimizga barchamiz orziqib kutgan ko‘klam nafasi kirib kelayotgan mana shu yorug‘ kunlarda siz, azizlarimni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xotin-qizlarini             8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyormiz.

Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan shu qutlug‘ ayyomda sizlarning aziz va qadrdon yuzlaringiz, ko‘zlaringizga boqib, samimiy tuyg‘u va tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va ham­ohang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoyilik kabi ­olijanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Darhaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘’jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur etolmaymiz.

Ayol deganda, ko‘z o‘ngimizda, avvalo, oq sut berib, barchamizni o‘z bag‘rida asrab-avaylab voyaga etkazadigan, butun hayotini farzandiga baxshida etadigan dunyodagi eng ­muqaddas zot — Ona siymosi namoyon bo‘ladi.

Mehribon va mushfiq onalarimizning ana shunday buyuk xizmatini so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jismni qil sadqa ano boshig‘a” degan hikmatli so‘zlaridan o‘tkazib ifoda etishning o‘zi qiyin, deb o‘ylayman.

Shu ma’noda, asrlar mobaynida Er yuzida hayot davomiyligini ta’minlab kelayotgan aziz va mukarram Ona siymosi, ayol zoti oldida bosh egib ta’zim qilish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Bugungi kunda hayotimizning qaysi soha va yo‘nalishini olmaylik — bu davlat va jamiyat qurilishi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ladimi, fermerlik va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan va ­madaniyat, san’at bo‘ladimi — ularning ­rivoji va samarasini oshirishda, yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demo­kratik davlat va fuqarolik jamiyati ­barpo etishda, xalqaro maydonda davlatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishda opa-­singillarimizning katta hissa qo‘shayotgani haqida ko‘p gapirish mumkin.

Muhtarama opa-singillar!

Barchangizni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka ­tilayman.

Doimo toleingiz baland, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin!

Hamisha omon bo‘ling, azizlarim, ­mehribonlarim!


Xurmat bilan!


Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi.



Foydali manbalar

На предыдущий На следующий


Mediateka

So'rovnoma



Bizning sayt sizga yoqdimi ?




O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi "O'zArxiv" agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi.

Bizning manzil Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ko'ksaroy maydoni 7 uy

Telefon/Faks: +998 66 233-56-50

e-mail: info@samarchive.uz

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 30.10.1999 Y. N 482

Xujjatni yuklab olish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 5 apreldagi 101-son qarori

Xujjatni yuklab olish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI ARXIV ISHI TO'G'RISIDA 2010 YIL 7 MAY

Xujjatni yuklab olish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 03.02.2004 y. N 49

Xujjatni yuklab olish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 26.08.2008 y. N 194

Xujjatni yuklab olish
@ 2015-2016 | O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi "O'zArxiv" agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi.
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ko'ksaroy maydoni 7 uy
Telefon: +998 66 233-56-50 | info@samarchive.uz