САМАРҚАНД ВИЛОЯТ АРХИВ ИШИ
ҲУДУДИЙ БОШҚАРМАСИ
w w w . s a m x t b . u z

 

БОШҚАРМА ХАҚИДА

БОШҚАРМА ХАҚИДА

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004  yil 3 fevraldagi 49-son “O`zbekiston Pesprublikasida Arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to`g`risida” gi qaroriga muvofiq Samarqand viloyat  hokimligining arxiv bo`limi  Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasiga aylantirildi.

Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tarkibiga quyidagi arxiv idoralari kiradi:

Samarqand viloyat davlat arxivlari;

Samarqand viloyatidagi idoralararo xo`jalik hisobidagi shahsiy tarkib hujjatlari arxivlari;

Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Samarqand viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Samarqand viloyatidagi arxiv idoralarida arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta`sirchan nazoratni amalga oshirishni ta`minlash;

Samarqand viloyatiga oid O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta`minlash va ulardan foydalanish;

Samarqand viloyat davlat arxivlari hamda Samarqand viloyatidagi idoralararo xo`jalik hisobidagi  shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko`rsatishini ta`minlash;

Samarqand viloyatida arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtitrish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy  tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini Samarqand viloyat arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;

 arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o`rganish va Samarqand viloyat arxiv idoralarida ommalashtirish; 


Киритилган вақти: 04/08/2020 21:53;   Кўрилганлиги: 88
 
Материал манзили: http://samarchive.uz/about/boshqarma-xaqida
Чоп этилган вақт: 22/09/2020 08:35